Peterburglik virusologlar COVID-19ga qarshi vaksina qachon paydo bo‘lishini ma’lum qilishdi

Rossiyaning Sankt-Peterburg vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti joriy yilning uchinchi choragida koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina yaratmoqchi.
Sputnik

TOShKENT, 2 mar - Sputnik. Rossiyaning Sankt-Peterburg vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti joriy yilning uchinchi choragida koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina yaratmoqchi, deya xabar beradi RIA Novosti.

To‘rtinchi chorakda uni hayvonlarda sinab ko‘rish rejalashtirilmoqda, deya qo‘shimcha qildi institut mutaxassisi.

Koronavirus nobud qilgan bemor jasadi yorildi va natijasi e’lon qilindi

Avvalroq Sankt-Peterburgdagi Rossiyaning FMBA vaksinalar va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti yangi koronavirusga qarshi vaksina ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.

“Prototip 2020-yilning uchinchi choragida kutilmoqda, to‘rtinchi chorakda hayvonlarda klinikoldi tadqiqotlarini boshlash rejalashtirilmoqda”, - dedi institut mutaxassislaridan biri axborot agentligiga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, koronavirus deyarli mutatsiyaga uchramayotganligi sababli Sankt-Peterburg ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan yaratilgan vaksina ro‘yxatga olingan vaqtga qadar o‘z ta’sirini yo‘qotmagan bo‘ladi.