TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Germaniya tashqi ishlar vaziri Xorst Zeyexofer koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bois mamlakat kansleri Angela Merkel bilan qo‘l berish ko‘rishishdan bosh tortdi. Bu haqda Bild tabloidi xabar qildi
Berlinda migrantlar birlashmalari vakillari bilan uchrashuv vaqtida Merkel Zeyexoferning oldiga kelib, salomlashish maqsadida qo‘lini uzatadi. Biroq vazir uni qo‘lini siqib ko‘rishishdan bosh tortadi. Merkel buni hazil bilan qabul qiladi va ikkila qo‘lini ko‘tarib, kaftlarini Zeyexoferga ko‘rsatadi. Natijada ikkalasi kulib yuboradi.
Avvalroq Germaniya OAVlari Zeyexofer yaqinda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab qo‘l berib ko‘rishishdan voz kechganini xabar qilgandi.
“Qo‘l berib ko‘rishishning vaqti emas”: koronavirusdan qanday himoyalanish kerak
Germaniyada yangi koronavirus bilan kasallanishning 150 ta holati tasdiqlangan.