TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Filippin poytaxti Manilada qurollangan kishi 30ga yaqin kishini garovga oldi. Bu haqda Rappler portali xabar qilmoqda.
Hodisa savdo markazida sodir bo‘lgan. OAV xabariga ko‘ra, garovga olgan shaxs savdo markazining sobiq qo‘riqchisi. U garovga olgan shaxslarning deyarli hammasi savdo markazi xodimlari ekani aytilmoqda.
ABS CBN mahalliy telekanal shahar merining so‘zlariga tayangan holda jinoyatchi o‘t ochgani hamda u granata bilan qurollanganini xabar qilmoqda. Bir kishi yaralangan va u kasalxonaga olib ketilgan.
Hozir politsiya bosqinchi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda va odamlarni evakuatsiya qilmoqda.