TOShKENT, 1 mar — Sputnik. O‘zbekistonga Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi siyosiy burosi a’zosi, XKP MQning Tashqi ishlar bo‘yicha komissiyasi kanselyariyasi rahbari Yan Szechi boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
TIV matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, tashrif 2-3 mart kunlari amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, bo‘lajak muzokaralarda oliy va yuqori darajalardagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishi hamda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirish muhokama qilinadi.