Putin koronavirus tufayli iqtisodiyotdagi salbiy oqibatlar haqida gapirdi

Putinning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus tarqalishi bugungi kunda dunyo iqtisodiyotlarining eng yuqori darajada o‘zaro bog‘liqligi hisobga olingan holda deyarli barcha davlatlarga ta’sir ko‘rsatmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin COVID-19 koronavirusi tarqalishi tufayli dunyo iqtisodiyotida salbiy oqibatlar allaqachon kuzatilayotgani ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu oqibatlar dunyodagi iqtisodiy aloqalarning barcha tizimiga, bugungi kunda dunyo iqtisodiyotlarining eng yuqori darajada o‘zaro bog‘liqligi hisobga olingan holda deyarli barcha davlatlarga ta’sir ko‘rsatmoqda.

Neft narxi tushib ketmoqda, sabab koronavirus - ekspert fikri

Putin o‘tgan hafta neft bozori uchun 2008-yildan buyon eng yomoni bo‘lganini ta’kidlagan. Shuningdek, u o‘tgan hafta global bozorlar uchun ham eng yomoni bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyo fond indekslari 10 foizdan ortiq pasaygan.

Rossiya rahbari  keyingi choralar ko‘rish uchun koronavirus avj olishining iqtisodiy ta’sirini bevosita o‘rganish lozimligini qayd etgan.

Dunyoning eng badavlat kishilari bir kunda 139 mlrd dollaridan ayrilishdi

Avvalroq Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Xitoy bilan tovar ayirboshlashning pasayishi tufayli Rossiya kuniga 1 milliard rubl yo‘qotayotganini ma’lum qilgan edi.