2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provinsiyasi) Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST ushbu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy - COVID-19 nomini berdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda ushbu kasallikka chalinganlar soni 86 mingdan oshgan. 2979 kishi vafot etgan, 42 mingdan ziyodi esa tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda koronavirus 50 dan ortiq mamlakatda qayd etilgan. Xitoydan so‘ng eng ko‘p kasallanish Janubiy Koreya, Yaponiya, Eron va Italiyada kuzatilmoqda.
Uzbekistan Airways kompaniya 1-martdan esa Janubiy Koreya, Yaponiya va Italiyaga bo‘lgan qatnovlarni vaqtincha to‘xtatdi. O‘zbekiston davlat chegarasida sanitariya-karantin tadbirlari va tibbiy-sanitariya nazoratlari kuchaytirilgan. Mamlakatda virusning tarqalishini oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda.