Toshkent viloyatida bosqinchilik uyushtirgan shaxs qamoqqa olindi

Yosh ayolga hujum qilgan noma’lum shaxs uning turmush o‘rtog‘i bo‘lib chiqqan. Dastlabki tergov jarayonida bosqinchiga nisbatan ayblov e’lon qilingan va u qamoqqa olingan
Sputnik

TOShKENT, 29 fev - Sputnik. Toshkent viloyati Angren shahrida bosqinchilik sodir etildi, tergov olib borilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.

O‘zbekistonning kriminogen hududlari qaysi?

Xabarda aytilishicha, fevral oyining boshida kunduzi noma’lum shaxs "Oxunboboyev" istirohat bog‘ida uyiga qaytayotgan 22 yoshli N.S.ga hujum uyushtirgan. Qizni urib, tan jarohati yetkazib, 500 ming so‘m puli va "Xiaomi" rusumli telefon apparatini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan.

Natijada jabrdiyda tan jarohatlari bilan tibbiy muassasaga murojaat qilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni N.S. bilan birga yashagan 26 yoshli M.B., sodir etganligi aniqlangan va ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida M.B.,ga nisbatan ayblov e’lon qilingan va unga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.