TIV Saudiya Arabistoniga bormoqchi bo‘lgan fuqarolarga muhim bayonot bilan chiqdi

Saudiya Arabistoni Podshohligining chet el fuqarolarining Umra amallarini bajarish maqsadida Podshohlikka kirishi hamda ularga viza berilishi vaqtinchalik to‘xtatilganiligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi.
Sputnik

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. TIV Saudiya Arabistoniga borishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolariga bayonot bilan chiqdi.

Umra vizasini berish vaqtincha to‘xtatildi - Din ishlari qo‘mitasi

“Saudiya Arabistoni Podshohligining Toshkent shahridagi Elchixonasi O‘zbekiston tomonini chet el, jumladan O‘zbekiston fuqarolarining Umra amallarini bajarish va Madina shahridagi Payg‘ambarimizning Muqaddas Masjidini ziyorat qilish maqsadida Podshohlikka kirishi hamda ularga viza berilishi vaqtinchalik to‘xtatilganiligi to‘g‘risida rasman xabardor qildi.

Mazkur choralar COVID-19 koronavirusining tarqalishini oldini olish uchun qo‘llanilmoqda.

Shu munosabat bilan Podshohlikka borishni rejalashtirgan O‘zbekiston fuqarolari Saudiya Arabistonining mazkur qarorini hisobga olishlari zarur”, - deyilgan xabarda.