Germaniya O‘zbekistonning YeOIIga bosqichma-bosqich qo‘shilishini ijobiy baholadi

Germaniya siyosatini shakllantiruvchi guruhlari O‘zbekistonning yangi hududiy siyosatini dunyoning boshqa davlatlari uchun “mayoq” va “juda yaxshi misol” bo‘lishi mumkin, deb baholadi.
Sputnik

TOShKENT, 28 fev – Sputnik. O‘zbekistonning YeOIIga integratsiya jarayonida ishtirok etishi Germaniya tomonidan ijobiy baholandi.

Bu haqida “Rivojlanish strategiyasi” markazi direktori E. Tulyakov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi doirasida Germaniya iqtisodining Markaziy Osiyo qo‘mitasi direktori E.Kinsbruner hamda Fridrix Ebert fondi dasturi boshlig‘i M.Yobelius hamda Tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash M.Shumannlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum bo‘ldi.

Ishtirokchilar O‘zbekiston va YeOII hamkorligiga katta e’tibor berib, ushbu iqtisodiy ittifoq bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston iqtisodining barqaror o‘sishi, energetik xavfsizlik, aholi farovonligi va transport-tranzit potensiali nuqtayi nazaridan - obyektiv jarayon ekanligini aytib o‘tishdi.

Shu bilan birga Uchrashuvda har qanday davlatning integratsion jarayonlarda ishtirok etishi – bosqichma-bosqich bo‘lishi kerakligi alohida qayd etildi va O‘zbekistonning YeOIIda kuzatuvchi maqomida ishtirok etayotganini olqishlandi.

Germaniya O‘zbekistonning YeOIIga bosqichma-bosqich qo‘shilishini ijobiy baholadi

Germaniya siyosatini shakllantiruvchi guruhlari fikriga ko‘ra, O‘zbekistonning yangi hududiy siyosati, qarama-qarshiliklar tobora ortib borayotgan dunyoning boshqa davlatlari uchun “mayoq” va “juda yaxshi misol” bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Germaniya tomon Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilayotgan siyosat ko‘p qirrali ijobiy natijalar keltirayotganini qayd etdi. Bu borada Afg‘onistonni iqtisodiy hamkorlikka chorlash yo‘lida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar alohida olqishlandi. Berlin ushbu yo‘nalishda Toshkent fikrini to‘liq qo‘llab-quvvatlashi, Afg‘onistonda tinchlik – hududning transport salohiyatini oshirishi, iqtisodiy hamkorlik va savdo-sotiqni yangi darajaga ko‘tarishi qayd etildi.

Germaniya O‘zbekistonning YeOIIga bosqichma-bosqich qo‘shilishini ijobiy baholadi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yil kuzda mamlakatning YeOIIga qo‘shilish masalasini ishlab chiqish haqida topshiriq bergandi. Respublikada urli darajalarda bu integratsiyaning foydali va salbiy tomonlari muhokama qilinib, tahlil qilinmoqda.

YeOII - 2015-yil 1-yanvardan boshlab faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqaro integratsiya iqtisodiy birlashma hisoblanadi. Ittifoq tarkibiga Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi.