O‘zbekistonda Olimpiada ishtirokchilari uchun yangi libos taqdimoti o‘tkazildi

Tokio Olimpiadasi uchun ekipirovkalari bo‘yicha xalqaro tanlovda 100 dan ortiq ishtirokchi o‘z loyihalari bilan qatnashgan. Ta’kidlanishicha, sport ekipirovkalariga shaxsan Shavkat Mirziyoyev alohida e’tibor qaratgan.
Sputnik

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Toshkentda Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun maxsus ishlab chiqarilgan sport ekipirovkalari hamda rasmiy liboslarining taqdimoti o‘tkazildi.

O‘zbekistonda Olimpiada ishtirokchilari uchun yangi libos taqdimoti o‘tkazildi

MOQ xabariga ko‘ra, Tokio Olimpiadasi uchun ekipirovkalari bo‘yicha xalqaro tanlovda 100 dan ortiq ishtirokchi o‘z loyihalari bilan qatnashgan. Yakunda esa eng saralari tanlab olinib, prezident va hukumat rahbariyatiga taqdimot qilib berilgan.

O‘zbekistonda Olimpiada ishtirokchilari uchun yangi libos taqdimoti o‘tkazildi

“Tokio-2020 sport ekipirovkalariga shaxsan yurtboshimiz alohida e’tibor qaratmoqdalar. Shu o‘rinda biz ham bu borada yangicha yondashdik. Misol uchun, og‘ir atletika, taekvondo, eshkak eshish kabi sport turi bilan shug‘ullanadigan atletlarimizning tanasi har xil shakllangan. Shu bois ham kiyimlar har bir sport turi bo‘yicha maxsus tayyorlanadi. Ayniqsa, para-atletlarimiz uchun ham ularning klassifikatsiyaga qarab kiyim tayyorlanadi”, – dedi Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti prorektori Xolida Xolida Kamilova.

O‘zbekistonda Olimpiada ishtirokchilari uchun yangi libos taqdimoti o‘tkazildi

“Dizayn mamlakatimiz bayrog‘ida aks etgan ranglar asosida tanlandi. Oq rangdan dunyoda ko‘p davlatlarda foydalanishadi. Shu bois ham bizning kiyimimiz ajralib turishi uchun oq va yashil ranglarning uyg‘unligidan foydalanishga harakat qildik. Bu Olimpiada payti Tokioning issiq va nam iqlimida ancha qulay”, - dedi liboslar dizayneri Elnora Rizayeva.

O‘zbekistonda Olimpiada ishtirokchilari uchun yangi libos taqdimoti o‘tkazildi

Uning so‘zlariga qaraganda, kiyimlardagi naqshlarda O‘zbekistonning boy madaniyati aks ettiririlgan.

Rizayeva bu rang va naqshlar islom dinida xam ijobiy ma’no ifodalashini ta’kidladi.

O‘zbekistonda Olimpiada ishtirokchilari uchun yangi libos taqdimoti o‘tkazildi