TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Samarqandda 1000 dollar evaziga 24 yoshli qizni Tailandga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIV axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, viloyati IIB tezkor xodimlari tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Oqdaryo tumani Dahbed shaharchasida yashovchi 47 yoshli ayol A.Yu. Qo‘shrabot tumani “Mingtepa” mahallasida yashovchi 24 yoshli A.J.ni Tailandga fohishalikka yuborish uchun A.A. ismli ayoldan 1 000 dollar olayotganida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan A.Yu.ga nisbatan JKning 135-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.