TOShKENT, 27 fev - Sputnik. Saudiya Arabistoni hukumati Umra vizasini berishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqida Din ishlari qo‘mitasi xabar qilmoqda.
"Saudiya Arabistoni Podshohligi Haj va umra vazirligi 2020-yil 27-fevral kunidan e’tiboran, dunyoning barcha mamlakatlari uchun “Umra” vizasini taqdim etishni vaqtincha to‘xtatdi.
Ushbu chora karonavirusga qarshi kurash doirasida amalga oshirilmoqda", - deyilgan rasmiy xabarda.
Shuningdek, ushbu masala bo‘yicha Saudiya hukumatining rasmiy qarori va bayonoti bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bugun ertalab Saudiya Arabistoni TIV rasmiy tvitter kanalida "koronavirus xavfli ravishda tarqalayotgan" davlatlar uchun umra va sayyohlik vizalari berishni to‘xtatgani haqida xabar bergan edik.