Yangi uylar narxi oshadimi - "O‘zshahar qurilish invest" izoh berdi

2019 yillarda qurilgan imtiyozli uylar 2020-yil 1-iyulga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilingan. 2020-yil dasturi doirasida qurilayotgan uylar bundan mustasno.
Sputnik

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Uy -joylar narxlari oshib ketishining oldini olish uchun fuqarolardan sotib olingan kvartirani qisqa muddatda o‘z nomlariga  o‘tkazib olishlari so‘ralmoqda.  Bu haqda “O‘zshahar qurilish invest” IK axborot xizmati ma’lum qilmoqda

2019 yillarda qurilgan uylar bank krediti mablag‘lari hisobiga qurilganligi bois, hisoblangan foizlar uy joy narxiga qo‘shib boriladi.Shu bois bir oz avval uy -joylar narxlari oshib ketishining oldini olish uchun fuqarolardan sotib olingan kvartirani qisqa muddatda o‘z nomlariga  o‘tkazib olishlari so‘ralmoqda.

Agar fuqarolar 1-iyunga qadar uy-joyni o‘z nomlariga rasmiylashtirishmasa, mazkur foiz to‘loviga QQS ham qo‘shiladi. Shuningdek, 15 foiz qo‘shiladigan QQS miqdori respublikadagi barcha yangi qurilgan uylarga ta’sir qiladi.

"O‘zshahar qurilish invest" IK Uy- joylarni rasmiylashtirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Laziz Umarov aytishiga qaraganda, uy-joylar va xonadonlar toki fuqarolar nomiga notarial tartibda rasmiylashtirilgunga qadar “O‘zshahar qurilish invest” IKning mulki hisoblanadi.Shu sabab ularning narxiga QQS qiymati qo‘shiladi. 

Bugungi kun holatida "O‘zshahar qurilish invest" hisobida fuqarolar nomiga rasmiylashtirilmagan uylar soni quyidagicha:

  • 2017 yilda qurilgan 7 919 ta xonadonlardan 20 tasi;
  • 2018 yilda qurilgan 16 352 ta xonadonlardan 918 tasi;
  • 2019 yilda qurilgan 17 587 ta xonadonlardan 8 468 tasi;

Toshkent shahrida QQS qo‘shilganda uylarning har bir metr kvadratining narxi o‘rtacha 600 ming so‘mga oshadi.