TOShKENT, 26 fev – Sputnik. 13-fevral kuni Rio-de-Janeyroda dunyoga kelgan Izabella Pereyra de Xesus hayotining birinchi daqiqalarida olingan surati internetda tez ommalashmoqda va yangi mem unvoniga davogarlik qilmoqda.
Professional fotosuratchi Rodrigo Kunstmann Izabella tug‘ilganidan bir necha soniya o‘tgach uni suratga oldi.
Fotosuratchi tasvirni Facebook’ga joylashtirdi va u tez fursatda “virus” maqomiga ega bo‘ldi. Bunday erta mashhurlikning sababi qizchaning yuz ifodasi edi.
“Bugun tug‘ilgan kunim, bunga hatto kiyimim ham yo‘q”, - deb yozgan suratga muallif.
Fotosurat darhol internetda memga aylandi: foydalanuvchilar ko‘pgina ijtimoiy muammolar bilan chaqaloqning noroziligini solishtirishmoqda.
“Bolaning birinchi fikrlari: odamlar, meni uzoq uyqudan so‘ng uyg‘otdingiz. Endi soliq to‘lashim kerakligini aytmoqchimisiz? Kasallik ta’tilini ham to‘lashim kerakmi?”, - degan izoh qoldirgan foydalanuvchi @Susannah_Bryan.