Ronalduning o‘g‘li Instagram’da akkaunt ochdi - birinchi video 3,3 mln marta tomosha qilindi

Krishtianu Ronaldu o‘g‘li 10-yil oldin surrogat onadan dunyoga kelgan. U otasi singari futbol bilan shug‘ullanadi.
Sputnik

TOShKENT, 26 fev – Sputnik. Futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning o‘g‘li Instagram’da akkaunt ochdi va bir sutkada uning birinchi videosi 3,3 mln marta ko‘rildi.

Krishtianu-kichik foydalanuvchilarga ingliz, ispan va portugal tilda murojaat qildi. Hozirgi vaqtda uning 974 ming obunachisi bor.

Krishtianu Ronaldu o‘g‘li 10-yil oldin surrogat onadan dunyoga kelgan. U otasi singari futbol bilan shug‘ullanadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil kuz mavsumida “Yuventus” hujumchisi Krishtian Ronalduning o‘g‘li bolalar jamoasi uchun muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazgani haqida xabar bergandik. Yosh forvard klub uchun 28 ta o‘yin o‘tkazdi, ularda 58 ta gol kiritdi.