Mirziyoyev qator tayinlovlarni amalga oshirdi

Prezident farmoni bilan Farxod Arziyev O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 26 fev - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni qator tayinlovlarni amalga oshirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati rasmiy saytida xabar qilinmoqda.

Moliya vazirligiga qator funksiyalar yuklatildi

Xususan, Mirziyoyev farmoni bilan Jamshid Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tasdiqlandi va va shu munosabat bilan O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston moliya vaziri lavozimidan ozod etildi.

Timur Ishmetov  O‘zbekiston moliya vaziri lavozimiga tasdiqlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Omonullo Nasritdinxodjayev O‘zbekiston moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Farxod Arziyev O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ilhom Ne’matov O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.