O‘zbekiston aeroportlari xizmat ko‘rsatish tariflarini pasaytirmoqda

Ushbu xarajatlarni pasaytirish mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun aviachiptalar narxini pasaytirishga yo‘naltirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. O‘zbekistonda xorijiy aviatashuvchilar uchun aeroportlarda xizmat ko‘rsatish tariflari pasaytirilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

Xususan, 2020-yilning 1-mart sanasidan e’tiboran barcha mahalliy aeroportlarda uchib kelayotgan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish stavkasi bekor qilinadi. Xorijiy avikompaniyalarning yuk tashish reyslarida esa yukga ishlov berish tariflari pasaytiriladi.  

Shuningdek, Toshkent xalqaro aeroportining "Business Lounge" dagi xizmatlarining narxi ham pasaytirildi.

Xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik faqat tender orqali amalga oshirilishi mumkin – G‘aniyev

Ta’kidlanishicha, ushbu choralar xalqaro aviatsiya xizmatlari bozorida respublika aeroportlarining raqobatbardoshligini oshirish, mamlakat aholisi talablarini qondirish va mamlakatga kelayotgan xorijlik sayyohlar oqimini ko‘paytirishga qaratilgan.

Xorijiy aviakompaniyalarning respublika aeroportlarida parvozlarni amalga oshirish xarajatlarini pasaytirish mamlakat aholisi va chet ellik sayyohlar uchun aviachiptalar narxini pasaytirishga yo‘naltirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq transport vaziri Elor G‘aniyev mamlakatda aeroportlar xizmati 20 foizga arzonlashishi haqida ma’lum qilgani xabar qilingan edi.