Shavkat Mirziyoyev Trampga nima sovg‘a qilgan?

Eng qimmatbaho sovg‘a Melaniyaga Qatar amiri tomonidan taqdim etildi. AQSh birinchi xonimiga 23,5 ming dollarlik chinni tarelkalar sovg‘a qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. 2018-yilda AQSh prezidenti  Donald Tramp va davlat kotibi Maykl Pompeo xorijiy davlat yetakchilaridan qanday sovg‘a olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda New York Times xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev AQSh davlat kotibini qabul qildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Trampga “Registon” majmuasining kumush nusxasini (2950 dollar), Pompeoga esa yog‘och stol-stulni (1580 dollar) sovg‘a qildi.

Donald Tramp raqifasi Melaniyaga o‘rin yopingichi (4200 dollar) sovg‘a qilindi.

Ro‘yxatda Rossiya prezidenti Vladimir Putindan 1,5 ming dollarlik kumush tangalar to‘plami, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tomonidan taqdim etilgan 8,2 ming dollarlik golf uchun sumka va boshqa tuhfalar sanab o‘tilgan.

Eng qimmatbaho sovg‘a Melaniyaga Qatar amiri tomonidan taqdim etildi. AQSh birinchi xonimiga 23,5 ming dollarlik chinni tarelkalar sovg‘a qilindi.