Rossiyada daromad kamligi tufayli bir necha shakar zavodlari yopildi

Rossiya shakar ishlab chiqarish sohasida rentabellik miqdori 3,3 %ga tushib ketgani sababli beshta shakar zavodi yopildi.
Sputnik

TOShKENT, 25 fev — Sputnik. Rossiyada daromad kamligi tufayli 5ta shakar ishlab chiqarish zavodlari o‘z faoliyatini to‘xtatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Rossiya shakar ishlab chiqaruvchilari ittifoqiga (Soyuzrossaxar) asosan.

“2020-2021 yilgi ishlab chiqarish mavsumida Boshqirdistondagi Meleuz shakar zavodi, Tataristondagi Nurlat shakar zavodi, Tula viloyatidagi Tovarkov shakar zavodi va Krasnodar o‘lkasidagi yana bir shakar zavodlari ishlamaydi. 2018-yil oxirida Voronejdagi Sadovskiy shakar zavodi ishini to‘xtatgan edi. Ushbu zavodlar yopilishining asosiy sababi – qand lavlagisini qayta ishlab shakar ishlab chiqarish va uni sotish faoliyatidan ko‘rilgan zarardir”, - deyilgan xabarda.

Rossiyada 2016-yildan boshlab yillik shakar ishlab chiqarish hajmi iste’moldan ko‘ra ko‘proq, so‘nggi 7-yil ichida esa shakarning ulgurji narxlari juda pastga tushib ketgan. Shakar ishlab chiqaruvchilar ittifoqi vakilining so‘zlariga ko‘ra, sohada rentabellik miqdori 3,3 %ga tushib ketgan. Bu qishloq xo‘jaligi sanoati sohasidagi o‘rtacha ko‘rsatgichlardan sezilarli darja kam.

Statistik-tahlily xizmat ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ishlab chiqairsh mavsumida Rossiyaning 21 hududida 74ta shakar zavodi ishlagan. Ularning umumiy quvvati sutkasiga 382 ming tonnani tashkil qilgan. Faoliyatini tugatish haqida qaror qabul qilgan korxonalar ushbu davr mobaynida 200 ming tonna shakar, 22 ming tonna jom va 47 ming tonna melassa ishlab chiqargan. Yopilgan korxonalarning umumiy ishchilar soni 1,5 ming kishini tashkil qilgan.