TOShKENT, 25 fev – Sputnik. Tojikiston Afg‘onistonda qayd etilgan koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida tojik-afg‘on chegarasida joylashgan barcha o‘tish joylarida nazoratni kuchaytirdi. Bu haqda Tojikiston sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri o‘rinbosari Mirhamuddin Kamolzoda. RIA Novosti xabariga asosan.
“Afg‘oniston bilan chegaradosh barcha nazorat-o‘tkazish punktlarida nazoratni kuchaytirishga qaror qildik, chunki u yerda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan”, - dedi u.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat SSV xodimlari hozirda tojik-afg‘on chegarasida vaziyatni nazorat qilishmoqda.
“Biz chegara o‘tish joylarida va xalqaro aeroportlarda COVID-19 koronavirusining Tojikistonga kirib kelishini oldini olish maqsadida Afg‘onistonning tegishli organlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz”, - dedi Kamolzoda.
U hozircha tojik-afg‘on chegarasini to‘liq yopilishi haqida gap yo‘qligini aytdi.
Dushanba kuni Afg‘onistonda koronavirus kasallanish holati qayd etildi. U yerda favqulodda holat e’lon qilindi, deb ma’lum qildi Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri Firozuddin Firuz.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan shaxs Eronning Kum shahriga ziyorat uchun borgan.