Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

O‘zbekiston kimyo sanoatida so‘nggi yil davomida 2018-yilga nisbatan 2,3 barobar ko‘p foyda olindi, yangi korxonalar ishga tushirildi, lekin sohada yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud.
Sputnik

TOShKENT, 24 fev - Sputnik. Bugun O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida kimyo sanoatini asosiy vazifalari va uni isloh qilish bo‘yicha rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda sohani isloh qilish, korxonalar samaradorligi va salohiyatini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.Korxonalar faoliyati tahlil qilinib, mahsulotlar sifatini oshirish, energiya sarfini kamaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, “raqamli texnologiyalar”ni qo‘llash, inson hayoti uchun xavfli jarayonlarda avtomatizatsiya darajasini ko‘tarish muhimligi qayd etildi.

Undan tashqari, kimyo sanoatida yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish, to‘qimachilik, qurilish materiallari, avtomobilsozlik, iste’mol tovarlari, oziq-ovqat va farmatsevtika uchun zarur xomashyo ishlab chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, yig‘ilishda “Navoiyazot”, “Farg‘onaazot” Qo‘ng‘irot soda zavodi va Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodida faoliyatiga doir alohida ko‘rsatmalar berildi. 

Xabarning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.