TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Toshkentning Yakkasaroy tumanidagi ilgari tadbirkor daraxtlarni noqonuniy kesib tashlagan yerda 150 ta yangi daraxt kӯchatlari ӯtqaziladi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Yakkasaroy tumani, Yunus Rajabiy kӯchasidagi daraxt kesilishi holati bӯyicha Toshkent shahar hokimligi boshchiligida shahar prokuraturasi va masalaga aloqador tegishli tashkilot va idoralar ishtirokida ishchi guruh tuzilgan.
Ishchi guruh qisqa muddatda kesilgan daraxtlar ӯrniga kamida 150 ta yangi daraxt kӯchatlari ӯtqazilishini ta’minlaydi, daraxtlar kesilishi holatini ӯrganib chiqib, qonun buzilishiga yӯl qӯygan shaxslarga nisbatan qonuniy choralar ko‘radi.
"Ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘tarinki ruhda olib borilmoqda", - deyilgan xabarda.