Piyodalar yo‘laklarida tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish taqiqlandi

Qaror bilan tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish taqiqlangan hududlar belgilandi. Jumladan, trotuar va piyodalar yo‘laklarida tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish taqiqlanadi.
Sputnik

TOShKENT, 23 fev — Sputnik. “Tashqi reklama bozorini tartibga solish to‘g‘risida”gi Hukumatning 104-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, yer uchastkalaridagi tashqi reklama obyektlari uchun 10-yil muddatga, davlat mulki bo‘lgan bino va inshootlardagi tashqi reklama obyektlari uchun 5-yil muddatga DXMlar orqali reklama joylari pasportlarini berish bir martalik yig‘im summasini to‘lash orqali amalga oshiriladi.

Toshkent shahrida narkotiklar reklama qilingan baner aniqlandi - IIBB

Yer uchastkasiga o‘rnatilgan video ekranli tashqi reklama obyektlari uchun ko‘rsatilgan muddat qo‘shimcha 10-yil muddatga uzaytiriladi.

Hozirga qadar qonuniy o‘rnatilgan tashqi reklama obyektlarini mazkur qaror talablariga moslashtirish uchun 6 oy muddat berildi.

Ushbu muddatda moslashtirilmagan reklama obyektlari egalari tomonidan ixtiyoriy ravishda o‘z kuchi bilan olib tashlanadi (aks holda bu ish sud tartibida amalga oshiriladi).

2020 yil 1-martdan boshlab Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatning alohida tartibi joriy qilinadi.

Bunda, tashqi reklama obyektlarini  yer uchastkalarida joylashtirish huquqi ("E-IJRO AUKSION" orqali) faqat yuqori texnologiyali tashqi reklama obyektlariga beriladi.

Qaror bilan tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish taqiqlangan hududlar belgilandi. Jumladan, trotuar va piyodalar yo‘laklarida tashqi reklama obyektlarini o‘rnatish taqiqlanadi.

Qaror bilan tashqi reklama obyektlarini qurish tartibi, qurish uchun beriladigan yer, bino va inshootlar ro‘yxatini shakllantirish, qurish huquqini elektron auksion orqali berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.