TOShKENT, 23 fev — Sputnik. Istanbul shahridagi yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi qurbon bo‘ldi.
TIV mamlakatning Istanbul shahridagi (Turkiya) bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tanyanib xabar qilishicha, hodisa 21-fevral kuni shahar ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan.
Bosh konsulxona zarurat tug‘ilganda fuqaroning jasadini dafn etish uchun vatanga yuborishda uning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berish uchun vaziyatni nazoratga olgan.Konsullik-huquqiy departamenti Turkiya, Bolgariya, Ruminiya hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda mamlakatning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tgan: +90 212-323-20-37, +90 212-229-00-75.