Xitoyda koronavirusni qayta yuqtirish holati qayd etildi - OAV

Xitoyning Sichuan provinsiyasida koronavirusni qayta yuqtirish holati aniqlandi. Bemor va uning oila a’zolari shifokorlar tomondan olib ketilgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Xitoyning Sichuan provinsiyasida koronavirusni  qayta yuqtirish holati aniqlandi, deb xabar beradi People's Daily. RIA Novosti xabariga asosan.

Koronavirusga qarshi vaksina qachon sinovdan o‘tkaziladi?

Ushbu bemor yanvar oyining boshida shifoxonadan chiqarilgan edi, deb yozadi gazeta. Chiqib ketganidan keyin u uy karantinida bo‘lgan va hech qayerga chiqmagan. O‘n kun o‘tgach, unda virusli nuklein kislotani aniqlash uchun qayta tekshiruv o‘tkazildi va natijasi ijobiy natija chiqdi. Bemor va uning oilasi tegishli tuzilmalar tomonidan olib ketilgan, uylari dezinfeksiya qilindi.

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy JSSTga mamlakatning markaziy qismida (Xubey provinsiyasi) Uxanda kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya kasalligi haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST ushbu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb tan oldi va ushbu kasallikka rasmiy nom - COVID-19 berildi. Xitoyning o‘zida koronavirus qurbonlari soni 2236 tashkil qildi, 18264 kishi davolanib chiqdi.