TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Bugun, soat 16:20 da Turkmanistonning "Mari issiqlik stansiyasi" va “Serdar” podstansiyalari oralig‘idagi 500 kVli L-511 havo tarmog‘ida sodir bo‘lgan nosozlik turkmanistonlik energetiklar tomonidan bartaraf etilib, O‘zbekistonga elektr energiyasi importi to‘liq hajmda tiklandi. Bu haqda "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmati xabar qildi.
Ayni paytda elektr ta’minotidan vaqtincha uzilgan iste’molchilarni tarmoqqa qayta ulash ishlari amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, “O‘zbekgidroenergiya” AJ stansiyalari ham to‘liq quvvatda faoliyat yuritmoqda.