Sanksiyalar - AQSh hamkorlarini ko‘ndirishning qo‘shimcha chorasiga aylanmoqda

Tramp “Rosneft”ga qarshi sanksiyalardan Yevropa va Osiyodagi hamkorlariga bosim o‘tkazish uchun foydalanmoqda.
Sputnik

AQSh moliya vazirligi Venesuela nefti savdosi bilan shug‘ullanadigan, “Rosneft” sho‘’ba korxonasi bo‘lgan, Rosneft Traidingga qarshi sanksiyalar kiritdi. “Rosneft” Venesuela davlat korxonasi bo‘lgan PDVSAning eng yirik neft eksportchisidir. Vashington esa Venesueladagi qonuniy hukumatni ag‘darib tashlab ushbu davlatning barcha iqtisodiy munosobatlariga bosim o‘tkazishga harakat qilishmoqda.

AQShning Venesuela bo‘yicha maxsus vakili Elliot Abrams: AQSh Rosneft Trading Sa va uning vitse-prezidenti Didye Kasimiroga qarshi sanksilar kiritdi. Rosneft Trading SA Venesuela qonuniy hukumatini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida global bozorda neft sotish, yetkazib berish shartnomalari imzolashda vositachi sifatida ishtirok etgan.

AQSh yangi sanksiyalari – bu nafaqat Rossiyaga bosim o‘tkazish, balkim Nikolas Maduroga va AQShning Yevropa va Osiyodagi hamkorlariga ham qarshi qaratilgan.