O‘zbekistonda insultni davolashda Rossiya apparatidan foydalaniladi

Shifokor ta’kildashicha, bu G‘arb analoglaridan farqli o‘laroq, aynan Rossiya ishlanmasi insultni davolashda "oldinga qadam bosish, bemorlarga yana ham samaraliroq yordam ko‘rsatishga imkon beradi".
Sputnik

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. O‘zbekistonlik shifokorlar butun mamlakat bo‘ylab insultni davolashda Rossiya apparatidan foydalanish taklif qilindi.

Nemis onkologi saratonga qarshi kurashning eng samarali usulni aytdi

"Kalashnikov" konserni tomonidan ishlab chiqarilgan VIRSAR ATG–01 Rossiya terapevtik gipotermiya apparatini joriy etish taklif qilinmoqda.

“Ushbu qurilma odamni nafaqat hayotini, balki aql-idrokini ham saqlab qolishi mumkin,” - deydi Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi neyroxirurgiya reanimatsiyasi bo‘limi boshlig‘i Xurshid Xamidjanovich Dadayev.

Shifokor ta’kidlashicha, bu G‘arb analoglaridan farqli o‘laroq, aynan Rossiya qurilmasi insultni davolashda "oldinga qadam bosish, bemorlarga yana ham samaraliroq yordam ko‘rsatishga imkon beradi".

VIRSAR ATG–01 ishlash tamoyili - miyani tananing umumiy sovishini rivojlantirmasdan kamida 29 ° C gacha bo‘lgan haroratgacha boshqarishga asoslangan. Shlem-krioapplikator yordamida sovutiladi. Qurilma miya yarmi po‘stlog‘i haroratini 1,5-2 ° S gacha, davomiyligi 8 soatdan ortiqligida - 4-6 °S ga tushirishga imkon beradi.

Sovuq shikastlanish o‘chog‘iga bevosita ta’sir qiladi, neyronlarning metabolizmini pasaytiradi, hujayra membranalarining mustahkamligini oshiradi, ularning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamaytiradi. Natijada, bu ularni hayotga layoqatliligini yanada oshiradi, miyadagi qaytariladigan o‘zgarishlar jarayonini sezilarli uzaytiradi va shuningdek bemorning najot topish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.