Nemis onkologi saratonga qarshi kurashning eng samarali usulni aytdi

Germaniyalik onkolog Yoxannes Bruns saratonga qarshi kurashning eng samarali usulni aytdi. Bugungi kunda onkologiyada eng samaraligi immun onkologiya.
Sputnik

TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Bugungi kunda saraton kasalligiga qarshi kurashning eng samarali usuli - bu immunoterapiya hisoblanadi. Bu haqda RIA Novosti Germaniya Saraton kasalligi jamiyati bosh kotibi Yoxannes Brunsga asosan xabar qildi.

Olimlar “baquvvat” nonushta foydasi haqida so‘zlashdi

Bruns payshanba kuni Rossiya onkologlari uyushmasi, Germaniya onkologik jamiyati va Kox-Mechnikov forumi Germaniya onkologlar kongressi (Deutscher Krebskongress 2020) doirasida uch tomonlama hamkorlik shartnomasini imzolashda ishtirok etdi.

"Bugungi kunda onkologiyada eng samaraligi immun onkologiyasidir, bu dori-darmonlar, shuningdek, o‘zgartirilgan T-hujayralar yordamida amalga oshiriladi. Bu mutlaqo yangi narsa, faqat o‘tgan yildan beri mavjud", - dedi Bruns.

Uning ta’kidlashicha, ushbu usulning samaradorligi "(davolanib chiqqanlar-tahr) foizi bilan bog‘liq emas, aksincha, ba’zi ilgari davolab bo‘lmagan limfomalar endilikda davolanishi mumkinligida". Gap "hamma kasallanganlar haqida emas, balki ilgari o‘limga mahkum bo‘lgan yoki uzoq terapiyaga muhtoj bo‘lgan ko‘plab bemorlar to‘g‘risida", - dedi Bruns.

"Saraton – gomogen kasallik emas, u ko‘plab a’zolarga zarar yetkazadi va biz allaqachon saratonning ayrim turlarini, masalan, T-hujayralari qo‘llaniladigan qon saratonini davolashda muvaffaqiyat qozonmoqdamiz", - dedi tashkilotning bosh kotibi va "hali qilinadigan ishlar juda ko‘p" deb qo‘shib o‘tdi.

Germaniyaning Saraton kasalligi bo‘yicha Kongressi har yili o‘n mingdan ortiq olimlar, shifokorlar, siyosatchilar va vazirliklar va idoralarning vakillarini to‘playdigan keng miqyosli forumdir. 22-fevralga qadar davom etadigan kongressda saraton kasalligini tashxislash, davolash va oldini olish sohasidagi so‘nggi yutuqlarga bag‘ishlangan 300 dan ortiq tadbirlar bo‘lib o‘tadi.