Luzanin: AQSh koronavirus epidemiyasidan Xitoyga bosim o‘tkazish uchun foydalanmoqda

Rossiya Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq instituti direktori Sergey Luzanin AQShning Xitoy va Rossiyaga qarshi qaratilgan strategiyasi haqida gapirdi
Sputnik

Sputnik radiosi "Rossiya segodnya" XAA matbuot-markazida o‘tkazilgan video-ko‘prik davomida chiqish qilgan Luzanin nutqidan iqtibos keltiradi. Ekspert o‘z chiqishi davomida AQSh koronavirus epidemiyasidan Xitoyga bosim o‘tkazish uchun foydalanayotgani haqida gapirdi.

Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

"Koronavirusga qarshi kurash AQShning so‘nggi vaqtlarda tobora kuchayib borayotgan Rossiya va Xitoyga qarama-qarshiligini amalda ko‘z-ko‘z qilmoqda. Shu bilan bir vaqtda, amerikaliklar XXRdagi koronavirus epidemiyasidan Pekinga bosim o‘tkazish maqsadida foydalanmoqda, Qo‘shma Shtatlarning umumiy Xitoy va Rossiyaga qarshi qaratilgan strategiyasi esa tobora jadallashmoqda. Amerikaliklar texnologiyalar bozoriga hujumga o‘tgani shundoq ham ayon. Bu Munxenda o‘tkazilgan xavfsizlik bo‘yicha anjuman aniq namoyon qildi", - deya tushuntirdi Luzanin.

Ekspert shuningdek, AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoning amerikaliklar "kollektiv g‘alaba qozonishi" haqidagi gapini eslatib o‘tdi.

"Qo‘shma Shtatlar qarshi kurash olib borayotgan mamlakatlar nomlari garchi aytilmagan bo‘lsada, ammo hamma Pompeo Rossiya va Xitoyni nazarda tutganini tushungan edi. "Biz g‘alabaga kollektiv erishamiz" degan shiorni ostida xitoy-amerika qarama-qarshiligi va Rosneftga, ya’ni RFga qarshi qaratilgan navbatdagi sanksiyalar turardi. Aslini olganda, biz buni Xitoyning koronavirusga qarshi kurashayotgan bir vaqtda AQSh tomonidan shunday vaqtda e’lon qilingan ochiq chaqiriqda ko‘rmoqdamiz", - dedi u.

Ekspert Vashington hech qanday choradan tap tortmasligini: u o‘z siyosatida koronavirusga qarshi kurashni ham, salbiy iqtisodiy ta’sirni ham, siyosiy shiorlarni ham, harbiy-siyosiy bosimni ham birday ishlata olishini ta’kidlab o‘tdi.