TOShKENT, 21 fev – Sputnik. Xitoyda koronavirusga qarshi vaksinani klinik sinovlari aprel oyining oxiridan boshlanadi. Bu haqda Xitoy Fan va texnologiyalar vazirining o‘rinbosari Suy Nanpin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, preparat tayyorlash ishlari boshqa davlatlar bilan bir vaqtda amalga oshirilmoqda.
Xitoy Davlat sog‘liqni saqlash qo‘mitasi o‘rinbosari Szen Isin ta’kidlashicha, Xitoy tomonidan yaratilgan ba’zi vaksinalar hayvonlarda sinovdan o‘tkazila boshlangan.
U ta’kidlashicha, vaksinani yaratish juda murakkab, ko‘p vaqt talab etadi va Covid-19 mutlaqo yangi kasallik ekanligini inobatga olib, uni yaratish jarayonida ko‘plab noaniq omillar paydo bo‘ladi.
Szen Isinning so‘zlariga ko‘ra, mutaxassislar faol birikmalarni aniqlashlari kerak, birinchi navbatda virusning mos shtammini tanlashlari kerak. Keyinchalik, ishlab chiqarish texnologiyasi va sifatini nazorat qilinadi, bir qator sinovlarni, shu jumladan hayvonlarni sinovdan o‘tkaziladi, xavfsizlik ekspertizasini o‘tkaziladi va shundan keyingina klinik sinovlariga o‘tish mumkin.
Payshanba kuni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, uch haftadan so‘ng yangi turdagi koronavirus uchun ikkita dori sinovlarining natijalarini kutayotganini e’lon qildi. Bir testda ikkita OIV dorisi, lopinavir va ritonavirning kombinatsiyasi sinovdan o‘tkaziladi, ikkinchisida remdisivir preparati o‘rganilmoqda.
2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTga mamlakatning markaziy qismida (Xubey) Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST bu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat deb tan oldi va bu kasallikka rasmiy nom - COVID-19 berdi.
21 fevral holatiga Xitoyda 75 mingdan ortiq kishi bu virus bilan kasallangan, 2 236 kishi vafot etdi, 18,2 ming kishi davolanishga muvaffaq bo‘lgan.