Ekspert yangi aviatashuvchilarni qanday jalb qilish mumkinligini aytdi

Monitoring, tahlil va prognozlash ilmiy markazi direktori, MDTU professori Aleksandr Fridlyand yo‘lovchi tashish yoki yuk hajmini oshirish uchun aviakompaniyalarga imtiyoz va chegirmalar berish bo‘yicha Rossiya tajribasi haqida gapirdi.
Sputnik

O‘zbekistonda aviabozor rivojlanishi davlat darajasida davom etmoqda. Yangi kompaniyalarni tashkil etish bilan bir qatorda, xorijiy tashuvchilarni, shu jumladan charter parvozlariga ixtisoslashgan kompaniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shunday qilib, O‘zbekiston 300 o‘ringa mo‘ljallangan samolyot bilan yo‘lovchilar tashilgan taqdirda, mavsumga qarab 6 mingdan 15 ming dollargacha qoplab beradi.

Rossiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyalarni mamlakatning aviatsiya bozoriga jalb qilishning shunga o‘xshash amaliyoti RFda ham amalga oshiriladi, ammo chegirmalarni aeroportlar o‘zlari taqdim qilmoqdalar.

"Rossiyada bu ko‘proq aviakompaniyalar yoki yo‘lovchilarni jalb qilishdan manfaatdor bo‘lgan aeroportlar orqali ishlaydi, shuning uchun shunday ichki hujjat ishlab chiqilmoqda-ki, bunda, misol uchun, ma’lum uchish massasi bo‘lgan bortlar uchun chegirmalarni ta’minlanishi nazarda tutiladi. 300 o‘rinli parametr - variantlardan biridir, lekin bir vaqtning o‘zida shuncha yo‘lovchilarni olib kela oladigan samolyotlar ko‘p emas. Bu texnik nozik farqlarni aniqlashtirib olish kerak", - dedi Fridlyand.

Sputnik O‘zbekiston podkastida mutaxassisning batafsil izohini tinglashingiz mumkin.

Ekspert yangi aviatashuvchilarni qanday jalb qilish mumkinligini aytdi