Ko‘rshapalak, fitna yoki patogen: koronavirus kelib chiqishi haqida olimlar fikri

To‘qqizta davlatning olimlari guruhi, ular ichida AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya, koronavirusning yangi turi sun’iy ravishda yaratilganligi haqidagi mish-mishlarni qoralashdi.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev – Sputnik. To‘qqizta davlat olimlari, ular ichida AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya, koronavirusning yangi turi sun’iy ravishda yaratilganligi haqidagi mish-mishlarni va fitna nazariyasini qoralashdi.

Koronavirus iskanjasida: Uxanda qolishni lozim deb topgan talaba hikoyasi

 “Biz COVID-19 g‘ayritabiiy kelib chiqishga ekanligi to‘g‘risidagi fitna nazariyalarini keskin qoralash uchun birlashdik.  Bir qator mamlakatlar olimlari koronavirus 2 ning o‘tkir og‘ir nafas olish sindromini (SARS-CoV-2) kasallikning qo‘zg‘atuvchi genomi nashr etdi va tahlil qildi va ularning ko‘plari koronavirus ko‘plab boshqa patogenlar kabi, tabiatda paydo bo‘lgan degan xulosaga kelishdi”, - deyilgan olimlar murojaatida, u Lancet tibbiyot jurnalida chop etildi.

Murojaatni tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi 27 ta, xususan AQSh, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Malayziya, Italiya, Avstraliya va Xitoyning taniqli olimlari imzolashdi. Xususan, Wellcome Trust Britaniya xayriya jamg‘armasi direktori Jeremi Farrar, AQShdagi yuqumli kasalliklar milliy markazining sobiq direktori Jim Xuz va AQSh Milliy ilmiy jamg‘armasining sobiq rahbari Rita Koluyell imzo chekishdi.

Olimlar yana bir koronavirus tarqatuvchisini aniqladi

Ilgariroq, Janubiy Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti va Guangdundagi zamonaviy qishloq xo‘jaligi laboratoriyasida bir guruh olimlar tadqiqot o‘tkazib, pangolinlar koronavirusning yangi turiga oraliq egasi bo‘lishi mumkinligini aniqlashgan. Keyinchalik, Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligining ilmiy-texnik rivojlanish bo‘limi boshlig‘i U Yuanbin ko‘rshapalaklar koronavirusning asosiy manbasi degan fikr bildirgan.

2019 yil 31-dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTga mamlakatning markaziy qismida (Xubey) Uxan shahrida noma’lum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘atuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST bu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan favqulodda holat deb tan oldi va bu kasallikka rasmiy nom - COVID-19 berdi. XXRning Xubei viloyatida qurbonlar soni 2029 gacha yetdi, 10 337 kishi tuzaldi, 62 mingdan ortiq kishi kasallandi.