“Qo‘rqib ketdingizmi?”: Putin FXX yig‘ilishidagi texnik nosozlik haqida hazil qildi - video

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmati yig‘ilishida nuqt so‘zlayotganda mikrofon o‘zidan o‘zi ishlamay qoldi.
Sputnik

TOShKENT, 20 fev — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal xavfsizlik xizmati yig‘ilishida nuqt so‘zlayotganda texnik nosozlik yuz berdi. Putin mikrofon o‘chib qolganligi sabab nutqini to‘xtatib qo‘yishiga to‘g‘ri keldi.

Zaldagilardan kimdir hazil tariqasida mikrofon “vahima tufayli” ishlamay qolganini taxmin qildi.

“Qo‘rqib ketdingizmi?”, - deya javoban hazil qildi Rossiya rahbari.

So‘ngra qurilma odatdagi singari ishlab ketdi va Putin o‘z nutqini davom ettirdi.