O‘zbekistonda ob-havo o‘zgarishi nimaga bog‘liq - “O‘zgidromet” javob berdi

O‘zbekistonda so‘nggi vaqtlarda qor kam yog‘ayotgani ammo havoning keskin soviyotgani sababini “O‘zgidromet” mutaxassislari tushuntirib berishdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Ma’lumki,  O‘zbekistonda oxirgi paytlarda qish fasli serqor kuzatilmayapti. Yoqqan qorlar tez fursatda erib, qish keskin sovuq va  qisqa, 3-4 marotaba yomg‘ir aralash yoqqan qor bilan o‘tib ketmoqda.

“O‘zgidromet” mutaxassislar aytishiga qaraganda, O‘zbekistondagi ob-havoni - hududga shimoliy yarim shar yoki janubiy yarim shardagi mo‘’tadil kengliklardan kirib kelayotgan havo oqimlari belgilaydi.

Qish mavsumida O‘zbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa hududidan, Uraldan va ba’zida hatto G‘arbiy Sibirdan sovuq havo kirib turadi. Shu bilan birga qish vaqtida janubiy yarim shardan issiq havo oqimlari kirib kelib, birdan havo isib ketishi ham kuzatiladi.

Anomal ob-havo sharoiti tufayli Qozog‘iston muhim avtotrassalari yopilgan - TIV

Yoz mavsumida esa, O‘zbekiston hududiga asosan janubdan issiq havo oqimlari kiradi.

Undan tashqari, O‘zbekistonda iqlim o‘zgarishi ham Yer sharining boshqa joylariga nisbatan tezroq amalga oshmoqda. Xususan, 1880-yildan boshlab Yer shari bo‘yicha o‘rtacha havo harorati har 10-yilga 0,06 daraja tezlikda ko‘tarilib kelmoqda. O‘zbekistonda esa ushbu ko‘rsatgich tez sur’atlarida amalga oshmoqda. Xususan 1951-yildan 1997-yilgacha bo‘lgan davrda harorat 10-yilda 0,12 daraja tezlikda ko‘tarilgani qayd etilgan.

Oxirgi 15-yil ichida eng sovuq va yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan qishlar harorat o‘rtacha iqlimiy ko‘rsatkichlardan 3-4 darajaga past bo‘lgan 2007-2008 va 2011-2012 yillarga to‘g‘ri kelgan. O‘shanda Toshkent shahrida ayrim kunlarda tungi harorat 17-17 daraja sovuqqacha, kunduzi 8-3 daraja sovuqqacha tushib ketgani qayd etilgan.