Uzbekistan Airways 4 ta Boeing samolyotini sotuvga qo‘ydi

Uzbekistan Airways kompaniyasi 1999, 2003 va 2004-yillarda ishlab chiqarilgan samolyotlarini sotmoqda. Ularning narxi 12 millondan 22 million dollargacha baholanmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Uzbekistan Airways AJ to‘rtta Boeing samolyotini sotuvga qo‘yganini e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya saytida xabar qilindi.

Kompaniya bu aviaparkni yangilash va kelgusida unifikatsiyalashtirish loyihasi doirasida amalga oshirilayotganini tushuntirgan.

Samolyotlarning narxi qancha?

Boing 757-200 UK-75701 (1999 y.) - 12 030 000 dollar, Boeing 757-200 UK 75702 (1999 y.) - 12 408 000 dollar.

Uzbekistan Airways 4 ta Boeing samolyotini sotuvga qo‘ydi

Boeing 767-3 CBER UK-67007 (2003 y.) - 21 414 000 dollar, Boeing 767-3 CBER UK-67008 (2004 y.) - 22 362 000 dollar.

Uzbekistan Airways 4 ta Boeing samolyotini sotuvga qo‘ydi