Turkiya sohiliga yetti metrli akula suzib keldi – baliqchilar hayratda

Egey dengizi qirg‘oqlariga suzib kelgan yetti metrli akula mahalliy baliqchilarni hayratda qoldirdi. Bu haqda video internetda tez tarqalmoqda.
Sputnik

Ijtimoiy tarmoqlarda Egey dengizining shimoliy qismida joylashgan Saros ko‘rfazidagi 7 metrli akula qirg‘oq yaqiniga yaqinlashgani aks etgan video paydo bo‘ldi.

Ma’lumki, bu dengizda bir nechta akula turlari yashaydi, ammo ularning aksariyati odamlarga hech qanday xavf tug‘dirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada AQSh qirg‘oqlari yaqinida odamxo‘r-akulalarning to‘plangani haqida xabar bergandik. Bu holat okeanshunoslarni juda tashvishga solgandi. 

Katta oq akula - dunyodagi eng katta yirtqich baliqlardan biri bo‘lib, o‘rtacha, bu tur akulalar uzunligi 4,7 metrga yetadi. Ular odamlar uchun eng xavfli akulalar turi hisoblanadi.