Shavkat Mirziyoyev Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Anqara shahridagi Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Mustafo Kamol Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Shavkat Mirziyoyev Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi

“Mustafo Kamol turk xalqining atoqli farzandi, buyuk davlat arbobidir. U Birinchi jahon urushidan keyin parchalanib, okkupatsiyada qolgan mamlakatni ozod etgan. 1923-yilda mustaqillik e’lon qilib, hozirgi Turkiya Respublikasiga asos solgan hamda uning birinchi Prezidenti bo‘lgan. Mamlakatning bugungi taraqqiyotini belgilab bergan siyosiy, ijtimoiy va madaniy islohotlarni amalga oshirgan. 1934-yilda parlament qonuni bilan unga Otaturk nomi berilgan. U dafn etilgan Anitkabir majmuasi xalq uchun juda qadrli maskanga aylangan”, - deyilgan xabarda.

Shavkat Mirziyoyev Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi

Eslatib o‘tamiz, bugun prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi

Muzokaralarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev Otaturk qabriga gulchambar qo‘ydi