Moskvada “Tablig‘i jamoat” ekstremistik tashkiloti yetti a’zosi ushlandi

FXX Moskva va Moskva viloyatida “Tablig‘i jamoat” tashkilotiga a’zo bo‘lgan Markaziy osiyolik fuqarolarni ushladi.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Moskva va Moskva viloyatida "Tablig‘i jamoat" xalqaro diniy ekstremistik tashkiloti (Rossiyada taqiqlangan tashkilot) a’zolarini hibsga olindi. Bu haqda FXX matbuot xizmati xabar qildi.

Chegarani noqonuniy kesib o‘tgan 13 qirg‘izistonlik qo‘lga olindi

Ta’kidlanishia, uch nafar guruh yetakchi va maxfiy yacheykaning to‘rt nafar faol a’zosi qo‘lga olingan. Ular tashkilotga fuqarolarni jalb qilish ishlari bilan shug‘ullangan.  

Yig‘ilgan fuqarolar orasida ular "Tablig‘i jamoat" g‘oyalarini tarqatishgan.

Yacheykaga markaziy osiyolik migrantlar a’zo bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Tintuv vaqtida ularda taqiqlangan adabiyot va tashkilotga tegishi atributika aniqlandi.

Qo‘lga olinganlarga nisbatan jinoiy ish ochildi.