Mirziyoyev va uning rafiqasi Anqarada qanday kutib olindi - foto

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 19-fevral kuni tashrif bilan Turkiyaga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 19-fevral kuni tashrif bilan Turkiyaga keldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

"Esonbug‘a" xalqaro aeroportida davlat rahbarini Turkiya hukumati a’zolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Mirziyoyev va uning rafiqasi Anqarada qanday kutib olindi - foto

Bugun prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Mirziyoyev va uning rafiqasi Anqarada qanday kutib olindi - foto

Muzokaralarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.

Mirziyoyev va uning rafiqasi Anqarada qanday kutib olindi - foto