Koronavirus Eron chegarasini “hatlab o‘tdi”

Eron hukumati mamlakatda yangi koronavirus bilan kasallanganlikning ikkita holati haqida xabar qilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev — Sputnik. Eron hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirilganlikning ikkita holatini tasdiqlamoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Uxandan olib kelingan o‘zbekistonliklar va xorijliklarga javob berildi

“Bir necha daqiqa ilgari sog‘liqni saqlash vaziri idora mutaxassislari ma’ruzasiga tayangan holda Qumda koronavirus gumoni bilan ikkita musbat diagnoz haqida ma’lum qildi”, - deb yozgan Eron hukumati rasmiy vakili Ali Rabii.

Ta’kidlanishicha, dastlabki tahlillari koronavirusni ko‘rsatgan kishilar izolyatsiya qilingan.

COVID-2019

Xitoyda noma’lum pnevmoniyaning avj olishi o‘tgan yilning oxirida boshlangan edi. 2020-yil 19-fevral holatiga ko‘ra uni yuqtirganlar soni 75 ming kishidan oshgan. COVID-2019dan vafot etganlar soni 2012 kishini tashkil qilgan. 15024 kishi esa tuzalib ketishga muvaffaq bo‘lgan.