Qrimda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan o‘smirlarni qo‘lga olishda kim yordam bergan

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Kerchdagi rejalashtirilayotgan hujumlar haqida yana bir kishi bilgan. Hozircha u guvoh sifatida o‘tmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev - Sputnik. Kerch shahridagi ikkita ta’lim muassasalarida terakt uyushtirishga tayyorlangan o‘smirlar o‘z rejalari bilan qiz do‘stlari bilan o‘rtoqlashishgan. Bu haqda Mash Telegram-kanalida xabar qilindi.

Qiz Rossiyaning boshqa mintaqasida yashaydi, shuning uchun ular faqat Internet orqali gaplashishgan. Ko‘rinishidan, o‘smirlar unga ishonishgan, shu bois ular o‘zlarining “qahramonliklari” bilan maqtanishgan. Masalan, mushuklarni o‘ldirganliklari va ularda portlovchi moslamalarni sinab ko‘rishgani haqida.

16 yoshli qiz qo‘rqib ketib, bu haqda o‘z yaqinlariga aytib bergan. Ma’lumot FSBga yetib borgan.

Avvalroq o‘smirlarning shaxsi aniqlangan edi: bular 15 yoshli Daniil Anichenko va 17 yoshli Artom Shengeliya.

Qrimda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan o‘smirlarni qo‘lga olishda kim yordam bergan

Shuningdek, bu ish bo‘yicha yana bir yigit o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. U Kurgan viloyatida ushlangan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u rejalashtirilayotgan hujumlar haqida bilgan, hozircha u guvoh sifatida o‘tmoqda, deb yozadi Baza Telegram-kanali.

Ushlanganlar haqida nimalar ma’lum?

15 yoshli Daniil Anichenko uzoq vaqtdan buyon huquq-tartibot idoralari xodimlarining nazari ostida bo‘lgan.  13 yoshidayoq u bilan ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilgan millatchilar belgilari borasida profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Anichenko neo-natsistlarning onlayn-hamjamiyatining a’zosi bo‘lgan, unga 2018-yil oktabr oyida Kerch politexnika kollejida yigirma kishini o‘ldirgan 18 yoshli Vladislav Roslyakov ham kirgan.

Bundan tashqari, o‘spir portlovchi moddalar yaratish tafsilotlari muhokama qilinadigan chatlarda ko‘ringan. FSBning ma’lum qilishicha, suhbatlar yordam bermagan.

Daniilning tanishlarining hikoyalariga ko‘ra, u odamovi bo‘lgan va ko‘pchlik bilan suhbatlashishi xushlamagan. Shuningdek, o‘spir tashqi ko‘rinishi tufayli xavotirda bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan: uning yuzida, husnbuzar toshmalari bor edi.

Bolaning onasi alkogolga ruju qo‘ygan, otasi avtomobillarni ta’mirlash bilan shug‘ullangan va o‘g‘lini tarbiyalagan. Xususan, u darslarni o‘tkazib yuborishiga yo‘l qo‘ymas edi, deya yozadi Mash.

Ikkinchi qo‘lga olingan 17 yoshli Artom Shengeliya. U haqida hozircha deyarli hech narsa ma’lum emas.

O‘smirlar Kerch (Qrim) shahridagi ikkita ta’lim muassasalariga hujum uyushtirishni rejalashtirishgan. Tintuv paytida ularning uyida tarkibida vayron qiluvchi elementlari bor portlovchi moddalar va ularni ishlab chiqarish uchun tarkibiy qismlar topilgan. Bobmbalarni ular uyda saqlagan.