Chegarani noqonuniy kesib o‘tgan 13 qirg‘izistonlik qo‘lga olindi

Qo‘lga olingan qirg‘izistonliklar Batken viloyati Chekelik tumanida o‘zlari bilmagan holda O‘zbekiston chegarasini kesib o‘tishganini aytishdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 fev – Sputnik. Chegarani kesib o‘tgan 13 nafar qirg‘izistonlik O‘zbekistonda ushlandi. Ayni vaqtda ular vataniga qaytarildi.

Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati matbuot xizmatiga asosan xabar qildi.

Qirg‘iziston fuqarolari 19-fevral kuni Batken viloyatining Chekelik hududida chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun qo‘lga olindi.

Ikki tomon muzokaralari natijasida qonunbuzarlar Qirg‘iziston chegarachilariga topshirildi.