TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan to‘ylarning bir xil ssenariy asosida o‘tkazilishi haqidagi xabarlarni inkor etdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Bir xil csenariy asosida to‘ylar o‘tkaziladi” degan xabarlar noto‘g‘ri ekanini alohida ta’kidlamoqchiman. Namunali to‘y o‘tkaziladi degani bu bir xil csenariy asosida o‘tadi degani emas. Har bir hududning o‘ziga xos mentaliteti bor. To‘ylarni bir xil csenariyga solib bo‘lmaydi”, – Baxtiyor Sayfullayev AOKAdagi matbuot anjumanida.
Shuningdek, Sayfullayev o‘zbek xalqining o‘ziga xos an’analari borligini tilga olib, unga zid ravishda kuzatilayotgan turli xildagi ommaviy madaniyatni targ‘ib etuvchi to‘y kortejlarini ko‘paytirish va bir qancha boshqa illatlarga qarshi targ‘ibot ishlarini olib borish zarurligini ta’kidladi.
“Maqsad nima, manmanlikdan voz kechib, isrofgarchilikni oldini olishdir. Bu borada biz jurnalist va blogerlarni hamkorlikka chorlaymiz” – deya u.