Qirg‘iziston fuqarosi Yaponiyadagi kemada koronavirus yuqtirib oldi – OAV

OAV Yaponiyadagi Diamond Princess sayohat kemasida qirg‘izistonlik koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar qilmoqda. Qirg‘iziston TIV kemada mamlakat fuqarosi bo‘lganini tasdiqlagan.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Qirg‘iziston fuqarosi Diamond Princess sayohat kemasidagi koronavirus yuqtirib oldi. Bu haqda World of Cruising nashri xabar qilmoqda.

Yaponiya Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, turli mamlakat fuqarolari orasida COVID-19 koronavirusini yuqtirib olishning 67 ta yangi holati qayd etilgan.

“Yangi kasallanganlar orasida 27 nafar Yaponiya, 7 nafar Filippin, 5 nafar Avstraliya, 5 nafar AQSh, 3 nafar Kanada, 3 nafar Xitoy, 2 nafar Germaniya, bir nafardan Gongong, Qirg‘iziston, Hindiston va Tayvan fuqarolari bor”,  - deyilgan xabarda.

Karantin muddati tugagan fuqarolarga javob berildi

Qirg‘iston Tashqi ishlar vazirligi Yaponiyadagi kemada mamlakat fuqarosi borligini tasdiqlagan. Ta’kidlanishicha, Yaponiyadagi elchixona koronavirus yuqtirib olganlikda gumon qilinayotgan fuqaro doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Xabarda yozilishicha, qirg‘izistonlik kayutasida koronavirus aniqlangan qo‘shni bilan turganligi uchun u ham kasallikni yuqtirib olgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Hozirda fuqaroning ahvoli qoniqarli, harorati ko‘tarilmagan. Bemor shifokorlar nazorati ostida va o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, kema 5-fevraldan buyon Iokogamada ikki haftalik karantinda turibdi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, unda COVID-2019ni yuqtirganlarning umumiy soni 450 kishidan oshgan. Bortda jami 3,4 ming kishi bor. Kemadagi rossiyaliklar orada bu birinchi aniqlangan holat sanaladi. Kuni kecha aynan shu Diamond Princess kemasida rossiyalik ayol koronavirus yuqtirib olgani xabar qilingan edi.