Aurus limuzinlari ilk bor ekstremal poygada qatnashdi - video

Federal qo‘riqlash xizmati avtopoligonida yuqori tezlikda manevr qilish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan musobaqa tashkil etildi. Musobaqada ilk bor Rossiyaning yangi Aurus avtomobillari ishtirok etdi.
Sputnik

Eng yaxshi o‘n oltita haydovchi yuqori tezlikda sinovlardan o‘tishi kerak edi.

FSO maxsus garaj xodimlari ekstremal haydash ko‘nikmalarini namoyish etdilar.  

Mashinalar qorda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Aurus – lyuks avtomobillar sinfiga kiradi. Birinchi marta limuzinni Rossiya prezidenti Vladimir Putin inauguratsiyada namoyish qildi.