Og‘ir atletika bo‘yicha OCh O‘zbekistonda o‘tkazilishi rasman e’lon qilindi

Osiyo chempionati Qozog‘istonda o‘tkazilishi kerak edi. Ammo musobaqa Xitoyda koronavirusning yangi turi tarqalishi sababli Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirildi.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Joriy yilning 16-25 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Bu haqda Sport vazirligi xabar qilmoqda.

Ta’kidlanishicha, bu turnir Qozog‘istonda o‘tkazilishi belgilangan edi. Ammo Osiyo chempionati Xitoyda koronavirusning yangi turi tarqalishi sababli Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chirildi.

Xavfli virus sabab boks bo‘yicha Xitoydagi turnir bekor qilindi

Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining maxsus bayonotida ma’lum qilinishicha, xalqaro tashkilot musobaqani Qozohiston hukumati Xitoy bilan chegaradosh mamlakatlardan bo‘lgan yo‘lovchilarning harakatiga cheklovlar kiritgani sababli boshqa joyda o‘tkazishga qaror qilgan.

“Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi hozirgi vaziyatni zudlik bilan muhokama qildi va Osiyo chempionatini O‘zbekistonga ko‘chirish to‘g‘risidagi qarorga keldi”, - deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Malayziyada o‘tkazilishi belgilangan velosportning shosse yo‘nalishida Osiyo chempionati koronavirus tufayli bekor qilingani xabar qilingan edi.