Mirziyoyev Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasini ham ko‘rib chiqdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 45 foizga ortdi. Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda. Ta’lim, madaniyat va turizm sohasidagi almashinuvlar kengaymoqda.

Peter Siyarto samimiy qabul uchun O‘zbekiston prezidentiga minnatdorlik bildirib, Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Mirziyoyev Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik va mintaqaviy, jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan muloqot formatidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Ta’kidlanishicha, Vengriyaning yetakchi kompaniyalari ilg‘or tajribasi va zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish hamda ularni moliyalashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hududlararo aloqalarni rivojlantirish, bank, transport sohalariga oid dastularni amalga oshirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.