Futbolchi oyog‘i bilan Zidan yuziga dahshatli zarba berdi - video

“Selta” klubi o‘yinchisi Jozef Aydu oyog‘i bilan “Real Madrid” bosh murabbiy Zidan yuziga zarba berdi. Bu holat uchrashuvning ikkinchi bo‘limida sodir bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. “Real Madrid” bosh murabbiy Zinedin Zidan Ispaniya chempionati “Selta-Real Madrid” uchrashuv davomida yoqimsiz holatga tushdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Jozef Aydu maydon chetidan o‘tib ketayotgan to‘pni egallab olishga harakat qilgan vaqtda raqiblarning bosh murabbiyiga zarba berdi.

Aidu yiqilib, tasodifan Zidan yuziga zarba berdi.

Baxtli tasodif tufayli hech kim jarohat olmadi. Gana futbolchisi o‘yinga, Zidan esa jamoasini boshqarishga qaytdi.

Uchrashuv durang bilan 2:2 hisobda yakunlandi.