Ehtiyot bo‘l: Nurmagomedov Ferguson bilan jang oldidan surat e’lon qildi

Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Habib Nurmagomedov Toni Ferguson jangiga bag‘ishlangan surat-posterni joylashtirdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 fev – Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Habib Nurmagomedov Toni Ferguson jangiga bag‘ishlangan suratni joylashtirdi.

Nurmagomedov va Ferguson jangi Nyu-Yorkda 18-aprel kuni UFC 249 turniri doirasida o‘tkaziladi.

“Ehtiyot bo‘l, UFC 249 yaqinlashmoqda”, - deb yozilgan Nurmagomedov.

Suratda rossiyalik jangchi Ferguson ketayotgan mashinani quvib ketayotganini tasvirlangan.

Nurmagomedov professional 28 ta jangda barchasida g‘alaba qozongan. Ferguson esa 25 jangda g‘alaba qozonib, uch marta mag‘lubiyat alamini tortgan.